Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi
U soliq qarzini sud organlaridagi tanishlari orqali bartaraf etishga va’da bergan.
Qarshi shahri Soliq inspeksiyasining soliq ma’murchiligi sho‘’basi bosh inspektori DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, 2 ta dorixona rahbarining ishonchiga kirgan va unga nisbatan qo‘llanilgan 150 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzini sud organlaridagi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 50 mln so‘m talab qilgan. Keyinroq, so‘ralgan pul mablag‘idan 10 mln 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Qarshi shahridagi korxona rahbari mansabdor tanishlari orqali transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi boshqa korxonaga 1,5 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga, uning rahbaridan 84 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:58 / 13.06.2025
Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan qo‘lga olindi

20:15 / 12.06.2025
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

16:44 / 04.06.2025