O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli ochildi
Xo‘jandda uch mamlakat rahbarlari ishtirokida «Do‘stlik» stelasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli bo‘lmish «Do‘stlik» stelasi tantanali ravishda ochildi.
Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishtirok etdi.
Uch mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga qurilish ishlari yakunlangani va obekt tayyorligi to‘g‘risida axborot berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu yodgorlik qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:50 / 14.06.2025
Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025