Toshkentda lift ichida qulflanib qolgan bola qutqarildi
Maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochilib, bola qutqarilgan hamda ota-onasiga sog‘-omon topshirilgan.

Foto: FVV
Toshkent shahrida lift ichida qulflanib qolgan bola sog‘-salomat qutqarildi.
FVV keltirishicha, kuni kecha soat 22:55 da Yunusobod tumani 8-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, uni ichida bir nafar bola qolib ketgani to‘g‘risida 112 tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Tuman FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochilib, bola qutqarilgan hamda ota-onasiga sog‘-omon topshirilgan.
Mavzuga oid

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025