Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida inson hayoti saqlab qolindi.

Foto: FVV
FVV xabariga ko‘ra, 1 aprel kuni soat 11:10 da Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Do‘ngariq” MFY hududida haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Hohan rusumli yuk avtomashinasi yo‘l-transport hodisasi oqibatida katta ariqqa tushib ketgan.
Haydovchi esa olgan tan jarohati oqibatida yuk avtomashinaning ichida qolib ketgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan FVB yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan haydovchi qutqarilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Haydovchining ahvoli yaxshi.
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025