Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, qurilish, farmatsevtika va turizm sohalarida yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

7-11 aprel kunlari Polshaning Droxichin shahri meri Voysex Borjim boshchiligida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash milliy markazi vakillari va bir qator yirik kompaniyalar vakillaridan iborat biznes-missiya O‘zbekistonga keldi. Tadbir O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.
7 aprel kuni delegatsiya O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazir o‘rinbosari Alisher Shukurov, Investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori o‘rinbosari Roksana Nesor va Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, qurilish, farmatsevtika va turizm sohalarida yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
8 aprel kuni delegatsiya Xalq tabobati uyushmasida uchrashuv o‘tkazib, UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Delegatsiya 9-10 aprel kunlari Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimligida ushbu hududlarning investitsiya salohiyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid

14:47 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Rossiya eksportni rivojlantirishga qaratilgan shartnomani imzoladi

09:33 / 12.06.2025
“Tashqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilishga urinish qonunchilikka mutlaqo zid” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14:10 / 09.06.2025
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi

19:07 / 07.06.2025