Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
FVV ma’lum qilishicha, 7 aprel kuni soat 14:31 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:35 da yetib borib, yong‘in soat 14:49 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

18:09 / 08.06.2025