Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy frontda xitoylik askarlar asirga olinganini ma’lum qildi
Ukraina prezidenti Tashqi ishlar vazirligiga Pekin bilan bog‘lanib, Xitoy bunga qanday javob bermoqchi ekanini bilishni topshirdi.

Foto: Videodan kadr
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari Rossiya armiyasi tomonida jang qilgan Xitoyning ikki nafar fuqarosini asirga olganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Donetsk viloyati hududida sodir bo‘lgan. «Bu asirlarning hujjatlari, bank kartalari, shaxsiy ma’lumotlari bor», deb yozdi prezident ijtimoiy tarmoqda.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, Xitoy fuqarolari Rossiya armiyasining boshqa bo‘linmalari tarkibida ham jang qilayotgani haqida ma’lumotlar bor va hozir bu ma’lumotlar tekshirilmoqda. Prezident Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbariga «zudlik bilan Pekin bilan bog‘lanib, Xitoy bunga qanday javob bermoqchi ekanini bilishni» topshirdi.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Xitoyni urushga «bevosita yoki bilvosita» jalb etishi Vladimir Putin «urushni tugatishdan boshqa hamma narsani qilmoqchiligidan» dalolat beradi.
«U jangni qanday davom ettirishni izlamoqda. Bu, albatta, munosabatni talab qiladi. Qo‘shma Shtatlar, Yevropa va dunyodagi tinchlikni xohlaydigan barchaning munosabatini», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Yanvar oyida Ukraina rasmiylari Rossiya tomonida jang qilayotgan Shimoliy Koreyaning ikki fuqarosini qo‘lga olganini da’vo qilgan edi. Ulardan birida Rossiyaning Tuva hududida ro‘yxatdan o‘tgan boshqa shaxs nomiga berilgan harbiy guvohnoma borligi aniqlangan, ikkinchisida esa hech qanday hujjat topilmagan.
Mavzuga oid

23:05
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi

22:53
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

21:10
Rossiya harbiylari Chasiv Yar egallanganini e’lon qildi, Ukraina tomoni buni rad etmoqda

19:59