Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning yetakchi investitsiyaviy holdinglaridan biri – United Green Group tashkilotining investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Albrext Frishenshlager bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Albrext Frishenshlagerning aytishicha, United Green Group holdingi O‘zbekiston bilan investitsiyaviy hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor.
Tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash uchun United Green Group va O‘zbekistonning tegishli vazirlik hamda idoralari o‘rtasida ishchi aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
United Green Group'ga XX asrning boshida Britaniyada asos solingan. U hozirgi kunda energetika, avtomobilsozlik, savdo, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi va tijorat sohasida faoliyat olib bormoqda. Holding o‘zining boy tajribasi, innovatsion yondashuvlari va keng ko‘lamli faoliyati orqali xalqaro miqyosda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

10:49 / 10.06.2025
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi

14:10 / 09.06.2025