Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Rossiya tinchlik sulhi tezroq imzolanishi uchun Ukrainaning to‘rtta mintaqasi ustidan nazoratni talab qilmoqda. AQSh prezidenti ma’muriyatidagi barcha ham ushbu shartga rozi emas.Rossiya tinchlik sulhi tezroq imzolanishi uchun Ukrainaning to‘rtta mintaqasi ustidan nazoratni talab qilmoqda.

Foto: Getty Images
Stiv Uitkoff Vashingtonda RF prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Donald Trampga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi, deb xabar beradi Reuters. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning to‘rtta mintaqasi — DXR, LXR, Zaporojjya va Xerson oblastlari ustidan nazoratni talab qilgan.
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Trampga ushbu shartning bajarilishi tinchlik sulhini tezroq imzolashga yordam berishini aytgan.
AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili general Kit Kellog esa Uitkoffni qo‘llab-quvvatlamagan. U Trampga Ukraina mazkur hududlar bo‘yicha ayrim shartlarga rozi bo‘lishini, ammo hech qachon bir tomonlama tartibda ularning Rossiyaga berib yuborilishiga ko‘nmasligini ma’lum qilgan.
Reutersʼning qayd etishicha, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ilgari surayotgan shartlar Tramp ma’muriyatida kelishmovchiliklarni kuchaytirmoqda. AQSh prezidentining Respublikachilar partiyasidagi ayrim tarafdorlari Uitkoff ushbu masalada haddan ortiq rossiyaparast pozitsiyani egallagan deb hisoblayapti.
Kirill Dmitriyev Vashingtonga aprel boshlarida borgan edi — bu Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiya rasmiy vakilining bunday yuqori darajadagi birinchi tashrifi hisoblanadi.
Stiv Uitkoff oxirgi ikki oyda Rossiyaga uch marotaga borgan. 11 aprel kuni u Sankt-Peterburgda RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Mavzuga oid

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

15:46 / 27.04.2025
AQSh ichki xavfsizlik vazirining sumkasini o‘g‘irlashga aloqador shaxs hibsga olindi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025