Xitoy savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi
Yangi boj tariflarining joriy qilinishi Xitoy uchun Amerikada ishlab chiqarilgan samolyotlar va ehtiyot qismlar narxini ikki baravarga oshirdi.

Foto: Bloomberg
Xitoy hukumati aviakompaniyalardan AQSh bilan savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatishni talab qildi, deb xabar berdi Bloomberg. Bundan tashqari, amerikalik ishlab chiqaruvchilardan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olishni ham to‘xtatish buyurildi.
Avvalroq, AQSh tomonidan Xitoy tovarlariga 145 foizlik boj joriy qilingan edi. Bunga javoban Xitoy tomonidan AQSh tovarlariga 125 foizlik tariflar e’lon qilindi.
Nashr suhbatdoshlari ta’kidlaganidek, bojlarning o‘zi Amerikada ishlab chiqarilgan samolyotlar va ehtiyot qismlar narxini ikki baravarga oshiradi, shuning uchun «Xitoy aviakompaniyalari tomonidan Boeing samolyotlarini qabul qilish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi».
Hukumat Boeing samolyotlarini ijaraga olgan va xarajatlarning ortib borishiga duch kelgan aviakompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda.
Aviation Flighs Group ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy aviakompaniyalari, jumladan, China Southern Airlines, Air China va Xiamen Airlines parki o‘nga yaqin Boeing 737 Max samolyotlari bilan to‘ldirilishi kerak edi. Nashr manbalariga ko‘ra, Pekin ularning ayrimlarini hali ham qabul qilishi mumkin, chunki hujjatlar Xitoy bojlari kuchga kirgan 12 apreldan oldin tuzilgan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46