Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi
Pekin Vashington bilan muzokaralarga rozi bo‘lishdan oldin Tramp ma’muriyatining aniq harakatlarini ko‘rishni istamoqda.

Foto: AP
Xitoy savdo bojlari borasida Vashington bilan muzokaralarga rozi bo‘lishdan oldin AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining aniq harakatlarini ko‘rishni istaydi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Agentlikning yozishicha, Xitoy hukumati o‘ziga nisbatan hurmat ko‘rsatilishini kutmoqda. Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Pekinga hurmat ko‘rsatish va unga nisbatan haqoratlarga chek qo‘yish muzokaralarning muhim shartlari hisoblanadi.
Xitoy rasmiylari, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar bitimni tayyorlashga yordam beradigan muzokaralar muvofiqlashtiruvchisini tayinlashini xohlamoqda.
Bloombergʼning yozishicha, Xitoy AQShdan savdo bojlari va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarda yanada izchil pozitsiyani talab qilmoqchi. Gap Tayvan bilan munosabatlar haqida bormoqda — Pekin ushbu orolni o‘z hududi deb hisoblaydi.
12 aprel kuni AQSh Xitoy tovarlariga nisbatan bojlarni 84 foizdan 125 foizga qadar ko‘tardi. Mavjud 20 foizli tariflar bilan qo‘shib hisoblaganda bojlarning umumiy qiymati 145 foizga yetdi. Bunga javoban Xitoy Amerika tovarlariga 125 foizgacha boj joriy etdi. 16 aprel kuni esa Vashington Pekinga nisbatan ayni paytda 145 foiz darajasida belgilangan bojlarni 245 foizgacha oshirishini ma’lum qildi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati o‘zining 70 dan ortiq savdo hamkorlarini Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilishga ko‘ndirmoqchi ekani to‘g‘risida xabar berilgandi. Buning evaziga AQSh import bojlarini kamaytirishga va’da bermoqda.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46