Vashington meri 11 aprelni «Aleksandr Ovechkin kuni» deb e’lon qildi
Mer bayonotida Ovechkin «o‘z jamoasining ko‘plab muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shgani» aytiladi.

Foto: Getty images
AQSh poytaxti Vashington shahri meri Muriel Bauzer 11 aprelni «Aleksandr Ovechkin kuni» deb e’lon qildi.
«Vashington Kepitalz» tarkibida o‘ynayotgan rossiyalik xokkeychi Milliy xokkey ligasi (NHL) doirasidagi gollar soni (894 ta) bo‘yicha kanadalik Ueyn Gretski rekordini yangilagan edi.
Mer bayonotida Ovechkin «o‘z jamoasining ko‘plab muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shgani», jumladan, 16 marta pley-off o‘yinlariga yo‘llanma olgani va 2018 yilda «Vashington Kepitalz» uchun birinchi Stenli Kubogini keltirgani aytiladi.
Shuningdek, Ovechkin «Konn Smayt Trofi», «Kolder Trofi», «Art Ross Trofi», «Xart Memorial Trofi», «Ted Lindsey Trofi» va «Moris Rishar Trofi» shaxsiy sovrinlarini qo‘lga kiritgan tarixdagi yagona xokkeychidir.
«Shuning uchun men 2025 yil 11 aprelini Vashingtonda «Aleks Ovechkin kuni» deb e’lon qilaman va barcha vashingtonliklarni bayram qilishga chorlayman», dedi Bauzer o‘z bayonotida.
Aleksandr Ovechkin 2005 yildan beri «Vashington Kepitalz» tarkibida o‘ynamoqda. 2010 yildan buyon jamoa sardori hisoblanadi. 6 aprel kuni u «Nyu-York Aylenders»ga qarshi o‘yinda 895-golini urib, afsonaviy Gretski rekordini yangiladi. O‘yindan keyin kanadalik sobiq xokkeychi shaxsan rossiyalikni yangi rekord bilan tabrikladi.
Mavzuga oid

17:55
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

13:32