Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Yunusobod tumanida qora niqob taqqan shaxs soxta qurol bilan bank xizmatlari markaziga bostirib kirdi. Favqulodda qo‘ng‘iroq asosida hodisa joyiga yetib kelgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga oldi.

Foto: Qo‘riqlash xizmati
Toshkentda bank xizmatlari markaziga uyushtirilgan bosqinchilik harakati yuzasidan ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 18 aprel kuni soat 16:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasi, 39-uyda joylashgan «Turkiston» bank xizmatlari markaziga noma’lum shaxs tomonidan hujum uyushtirilgan.
Ushbu shaxs qora niqob kiygan holda dastasi qora izolyatsion lenta bilan o‘ralgan soxta quroldan foydalanib, bosqinchilik harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Biroq bank xodimlari tomonidan yuborilgan favqulodda qo‘ng‘iroq asosida zudlik bilan hodisa joyiga IIV Qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib kelib, bosqinchilik harakatini bartaraf etgan va gumondor shaxsni qo‘lga olgan.
Hodisa oqibatida yuqoridagi shaxs tomonidan bank xizmatlari markazi binosining kirish eshigi oynasiga shikast yetkazilgan. «Bank xodimlari va mijozlariga hamda BXM kassasida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lariga hech qanday ziyon yetkazilmagan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025