General Popov 5 yilga qamaldi
U frontdaligida boshliqlarni tanqid qilgandi, keyin esa firibgarlik uchun sudlandi.

Foto: TASS
Tambov garnizon harbiy sudi 58-armiya sobiq qo‘mondoni Ivan Popovni mansab soxtakorligi va firibgarlikda aybdor deb topib, besh yil muddatga umumiy tartibdagi koloniya jazosiga hukm qildi.
U general-mayor harbiy unvonidan ham mahrum etilgan.
Popov 2024 yil may oyida hibsga olingandi. O‘sha yil iyulida sud unga ehtiyot chorasini yengillashtirib, advokatlarning uchinchi iltimosnomasidan so‘ng uy qamog‘iga jo‘natgandi, ammo 2025 yil fevralida Popov tergov izolyatoriga qaytarildi. Harbiy prokuraturaga ko‘ra, general go‘yoki ruxsatsiz Tambovdan Moskvaga ketib qolgan, deb yozadi «Kommersant».
Popov Zaporijjya oblastida mudofaa inshootlarini qurishda ishlatilishi kerak bo‘lgan, qiymati 100 million rubldan ortiq bo‘lgan 1,7 ming tonna metall mahsulotlarni o‘g‘irlashda ayblandi.
Ayblov tomoni Popov uchun olti yillik qamoq jazosi, shuningdek, general-mayor unvonidan mahrum etish va 800 ming rubl miqdorida jarima solishni talab qilgandi.
Popov o‘z aybiga iqror bo‘lmadi va sud tomonidan asossiz ta’qibga uchraganini da’vo qildi. Popovning himoyasi suddan uni oqlashni so‘radi.
Mart oyi oxirida «Kommersant» nashri Popov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq xat bilan murojaat qilgani, unda uni «safga qaytarish» va «maxsus harbiy amaliyot hududi»ga (Rossiya hukumati Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni shunday ataydi) jo‘natishni so‘ragani haqida xabar bergandi. U o‘z iltimosini doimo «sodiq askar» bo‘lgani, uning uchun «armiya – hayotining mazmuni» ekani bilan asosladi.
Aprel oyi boshida Popovning advokati Sergey Buynovskiy Rossiya mudofaa vazirligi generalning urushga jo‘natish haqidagi iltimosnomasini qo‘llab-quvvatlaganini aytgandi. «Kommersant» ma’lumotlariga ko‘ra, uni oddiy shturmovik sifatida emas, balki «Shtorm Z» otryadlaridan birining komandiri sifatida jangga yubormoqchi bo‘lishgan.
So‘nggi so‘z o‘rnida general yana bir bor o‘zining aybsizligini ta’kidladi va suddan «o‘z mamlakatiga foyda keltirish» imkoniyatini berishni so‘radi, deb yozadi TASS.
«So‘nggi so‘zida Popov hayotda ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini, qayerdadir adashgan bo‘lishi mumkinligini, lekin hech qachon qonunni buzmagani, har doim qasamyodiga, xalqiga va oliy bosh qo‘mondonga sodiq qolganini ta’kidladi», – deya Popovning so‘zlarini keltiradi agentlik suhbatdoshi.
Ishdan bo‘shatilgandan keyingi jinoiy ish
Popov 2023 yilning yozida 58-armiya qo‘mondoni lavozimidan chetlatilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya armiyasi muammolari haqida hisobot berib, Rossiya mudofaa vazirligi rahbariyatining qarorlarini tanqid qilganidan keyin «katta qo‘mondonlik» tomonidan lavozimidan chetlatilgan.
General-mayor muayyan familiyalarni keltirmagandi. Urush tarafdori bo‘lgan blogerlarning yozishicha, iste’fo Popovning Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovga qilgan hisobotidan keyin ro‘y bergan.
O‘shanda deputat Andrey Gurulev Popovning harbiylarga murojaatini e’lon qilgan, unda general o‘z qo‘l ostidagilarni «mening gladiatorlarim», o‘zini esa Spartak deb atagan.
Iste’fo paytida general Popov, harbiy blogerlar yozganidek, harbiylar orasida mashhur edi va u qo‘mondonlik qilgan 58-armiya Zaporijjya oblastidagi Rabotine hududida mudofaani ushlab turgandi, Ukraina qurolli kuchlari 2023 yil yozida shu yo‘nalishda qarshi hujum uyushtirgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Popovga qarshi jinoiy ish ushbu voqealardan deyarli bir yil o‘tib qo‘zg‘atildi va Shoygu mudofaa vaziri lavozimidan ketishi ortidan boshlangan hibsga olishlar to‘lqinida yuqori martabali harbiy qo‘mondonga nisbatan ochilgan uchinchi ish bo‘lgandi.
Birinchi bo‘lib (2024 yil aprel oyida) mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov, keyin esa – Rossiya Mudofaa vazirligi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Kuznetsov hibsga olingandi. Popovdan keyin esa Rossiya Bosh shtabi sobiq boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Shamarin hibsga olingandi.
Birinchi bo‘lib Shamaringa hukm o‘qildi: 17 aprel kuni u mudofaa buyurtmasini bajarishda pora olganlikda ayblanib, yetti yil muddatga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
-
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon | 18:16
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
Mavzuga oid

15:15
Ukraina jangovar tajribasi bo‘lmagan HShM xodimlarini frontga yuboradi

14:41
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti

01:02
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

17:19 / 29.04.2025