Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
Haydovchi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Foto: YHXB
Jizzax viloyatida Tracker avtomobili yuqori tezlikda do‘konga urildi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, holat 24 aprel kuni tongda, Jizzax shahri hududida joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali avtoturargohida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli Tracker avtomobilini boshqarib, avtoturargoh yonidagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan savdo do‘koni eshigiga urilgan.
Oqibatda haydovchi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

10:40 / 07.06.2025