Jahon | 22:19 / 25.04.2025
3295
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi

Lukashenko ushbu mamlakatlarni tinchlanishga chaqirib, Belarusdan ular tarafga «hech bir afg‘on» o‘tib ketmasligini ta’kidladi.

Foto: Kommersant’

Aleksandr Lukashenko Polsha va Litva hukumatlari respublika orqali o‘tib boradigan migrantlar oqimidan qo‘rqishini ma’lum qildi. Belarus prezidenti ularni tinchlanishga chaqirib, mamlakatdan «hech bir afg‘on» o‘tib ketmasligini ta’kidladi.

«Ular eng ko‘p qo‘rqadigan narsa, bu yerga pokistonliklar kelib qolishidir. Ular qo‘shimcha migrantlar borishidan qo‘rqishadi. Shuning uchun polyaklar va litvaliklar tinchlanishsin. Bizdan hech qanaqa afg‘onlar, hech qanday turkmanlar, o‘zbek yoki tojiklar o‘tib ketmaydi», — deydi Lukashenko.

Belarus prezidentining qo‘shimcha qilishicha, mehnat migratsiyasi — bu normal. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga nafaqat sobiq SSSRning janubiy mintaqalaridan, balki Rossiya, shuningdek, Litva, Latviya va Polshada ishlashga kelishadi.

Lukashenko xorijdagi Belarus muxolifatini nazarda tutib, «polyaklar bu qochqinlarni qo‘zg‘atayotgani»ni ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha hukumati jazavaga tushib, «Belaruslarni shovqin ko‘tarishga undamasligi» kerak.

11 aprel kuni Lukashenko Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ular Belarusga 100–150 ming pokistonlik mehnat migrantlari kelishi mumkinligi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Polsha prezidenti maslahatchisi Stanislav Jarin esa Pokistondan migrantlarni jalb qilish ehtimolini «Polshaga qarshi gibrid operatsiya elementi» deb atadi.

Mavzuga oid