Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Samolyot bir nechta parashyutchini o‘quv mashg‘ulotlariga olib ketayotgan bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: AP
Tailandda yengil motorli Twin Otter samolyoti halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda qirollik milliy politsiya boshqarmasi vakili Atchayon Kraytxong ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, hodisa Tailand milliy politsiyasi havo kemasining mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Samolyot bir nechta parashyutchini Xuaxin shahridagi mashg‘ulotlarga olib borishi kerak edi. Uning bortida uch nafar uchuvchi, ikki mexanik va aviamuhandis bo‘lgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Tailand politsiyasi uchun 2020 yilda sotib olingan uchta Twin Otter’dan biri bo‘lib, unga yaqinda texnik xizmat ko‘rsatilgan.
Dastlabki tergov natijalarida keltirilishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagini tark etishi bilan muvozanatni yo‘qotgan. Sohildan turib olingan videoda samolyot avvaliga havoga ko‘tarilib, keyin vertikal ravishda qulashni boshlagani tasvirlangan.
Mavzuga oid

21:18 / 25.07.2025
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida

14:23 / 25.07.2025
Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma’lum qildi

11:29 / 25.07.2025
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi

14:06 / 24.07.2025