«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
Maktub polkovnik Archibald Greysi tomonidan yozilgan bo‘lib, unga 1912 yil 10 aprel sanasi tushirilgan.

Foto: Henry Aldridge & Son/PA
«Titanik» yo‘lovchisi bo‘lgan polkovnik Archibald Greysining maktubi auksion orqali 300 ming funt sterlingga sotildi, deb yozadi The Guardian. Kimoshdi savdolaridan oldin lot besh barobar arzonga sotilishi kutilayotgan edi.
Qayd etilishicha, bu cho‘kib ketgan kema bortidan turib yozilgan maktublarning eng qimmatiga aylangan.
Ushbu maktub birinchi marta namoyish etilgan. Unga 1912 yil 10 aprel sanasi tushirilgan — shu kuni Greysi «Titanik» bortiga ko‘tarilgan. «Bu juda ajoyib kema, ammo u haqida xulosa chiqarishdan oldin sayohatim oxirini kutaman», — deb yozadi polkovnik. Maktub uni kimoshdiga qo‘ygan odamning bobosining akasiga yo‘llangan bo‘lib, u o‘sha vaqtda Londondagi Waldorf mehmonxonasida yashagan.
Archibald Greysi — «Titanik»ning eng mashhur yo‘lovchilaridan biri. Kema halokatga uchraganidan keyin polkovnik halokat haqida kitob yozishni boshlagan. U omon qolgan o‘nlab yo‘lovchilardan xotiralar to‘plagan. «Titanik» haqida haqiqat» nomli kitobni hozirgi kunda ham xarid qilish mumkin. Archibald Greysi 1912 yil 4 dekabrda, halokatdan qariyb sakkiz oy o‘tib vafot etgan.
Avvalroq «Titanik»ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan Britaniya paroxodi kapitaniga sovg‘a qilingan tilla soat auksion orqali 1,56 million funt sterlingga sotilgandi. Soatni amerikalik xususiy kolleksioner xarid qilgan.
Mavzuga oid

23:28 / 25.03.2025
“Titanik”dan “Kursk”kacha – eng yirik kema halokatlari

22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi

21:36 / 21.09.2024
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi

00:43 / 13.09.2024