Jamiyat | 09:01
2046
1 daqiqa o‘qiladi

Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilmoqda. 

Foto: Videodan kadr

Mirobod tumani «Abdurauf Fitrat» MFY G.Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilmoqda. 

Vaziyat to‘liq nazoratda ekani, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi xabar qilingan.

Mavzuga oid