Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
Moskvada mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat Bosh prokuraturalari O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarining huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi.

Foto: Bosh prokuratura
O‘zbekiston Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi 29 aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori o‘rinbosari Pyotr Gorodov rahbarligida prokuratura, Federal xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar, Ichki ishlar vazirliklari va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
O‘zbekiston ishchi delegatsiyasi tarkibiga esa Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, tashqi ishlar, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari kiritilgani aytilgan edi.
«Tadbir davomida tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildi. Yig‘ilish ishtirokchilari ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Shuningdek, ikki davlat Bosh prokuraturalari O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelishi hamda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kelishlari jarayonida ularning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini oldi”, - deyiladi xabarda.
Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi majlisida qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzolagan.
Imzolangan bayonnoma ijrosi O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.
Mavzuga oid

13:48 / 12.06.2025
Rossiya ichki ishlar vaziri «foydasiz» migrantlarni chiqarib yuborishga chaqirdi

23:19 / 10.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi holat yuzasidan Rossiyaga nota yubordi

22:32 / 10.06.2025
Rossiyada maktabga qabul qilinmagan 300 ming migrant bolalari borligi ma’lum qilindi

21:30 / 10.06.2025