Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Cheklovlar 30 apreldan kuchga kirdi va 23 mayga qadar amalda bo‘ladi.

Foto: Getty images
Hindiston Pokistonda ro‘yxatdan o‘tgan samolyotlar uchun havo makonini yopmoqda. Cheklovlar 30 apreldan kuchga kirdi va 23 mayga qadar amalda bo‘ladi.
India TV’ga ko‘ra, Pokiston samolyotlari uchun havo makonining yopilishi to‘g‘risida NOTAM uchuvchilari uchun mo‘ljallangan aviatsiya xabarnomasida so‘z boradi. Telekanalning aniqlik kiritishicha, Hindiston hukumati bu qarorni Pokiston bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida qabul qilgan.
Pokiston tomoni Hindiston samolyotlari uchun o‘z havo makonini 24 aprelda yopgan edi. Mamlakat hukumati, shuningdek, 2 mayga qadar ikki yirik shahar — Islomobod va Lahor ustidan barcha turdagi havo kemalari uchib o‘tishini cheklagan.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar urush yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Paxalgam shahrida qurollangan jangarilar 26 kishini o‘ldirdi. Ushbu terakt uchun Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylashgan jangarilar guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan qisman aybni Pokistonga yukladi. Shundan so‘ng Hindiston Pokiston bilan chegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etishni talab qildi.
Avvalroq Pokiston axborot vaziri Attaulloh Tarar Islomobodda Hindiston yaqin 24-36 soat ichida Pokistonga harbiy zarba berishga tayyorlanayotgani haqida «ishonchli ma’lumotlar» borligini aytib chiqqandi.
Mavzuga oid

20:47 / 30.04.2025
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

18:16 / 30.04.2025
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

16:55 / 30.04.2025
Pokiston tomoni Hindiston 24-36 soat ichida zarba berishni rejalashtirganini aytmoqda

16:21 / 29.04.2025