Jahon | 09:01
988
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda

Ukraina va AQSh o‘rtasida «tarixiy» iqtisodiy kelishuv imzolangani haqida hujjatni imzolagan AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.

Foto: Kevin Lamarque/REUTERS

AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng uch yildan ko‘proq vaqt oldin Rossiyaning agressiv harbiy bosqiniga uchragan mamlakatni qayta tiklash uchun sarmoya fondi yaratishga qaror qildi. Tegishli iqtisodiy kelishuv Markaziy Yevropa vaqti bilan 1 may, payshanbaga o‘tar kechasi ikki davlat hukumatlari tomonidan imzolandi. Hujjatni AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Svyridenko imzoladi.

«Mustahkam tinchlikni ta’minlash bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun men Qo‘shma Shtatlar va Ukraina o‘rtasida Ukrainaning iqtisodiy tiklanishini tezlashtirishga ko‘maklashuvchi AQSh-Ukraina investitsiya jamg‘armasini tashkil etuvchi tarixiy Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanganini e’lon qilishdan mamnunman», — deb yozadi Bessent ijtimoiy tarmoqda.

Tegishli press-reliz AQSh Moliya vazirligi saytida e’lon qilindi. «Amerika Qo‘shma Shtatlari ham, Ukraina hukumati ham Ukraina va Amerika xalqi uchun tarixiy iqtisodiy hamkorlikning tez amalga oshishini intiqlik bilan kutmoqda», deyiladi xabarda. Bitim matnining o‘zi hali e’lon qilinmagan.

Mavzuga oid