Rossiyalik harbiy xizmatchi Kursk viloyatida oilaga qarata o‘t ochdi
Rossiyalik harbiy xizmatchi hujjatlarni tekshirish bahonasida Kursk viloyatidagi uylardan biriga kirib, u yerda bo‘lgan oilaga qarata o‘t ochdi. Oqibatda ayol kishi halok bo‘ldi, uning eri jarohatlandi.
Kursk viloyatining Belovskiy tumani Giri qishlog‘ida qurollangan rossiyalik harbiy xizmatchi hujjatlarni tekshirish bahonasida uylardan biriga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Hodisa 30 aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Pepel» Telegram-kanali axborot manbasiga tayanib. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, uyda ko‘p bolali Larinlar oilasi yashagan. Otishma natijasida 41 yoshli Olesya Larina vafot etdi, uning eri jarohat oldi va reanimatsiyada. Bolalarga zarar yetmagan. «Pepel»ning guvohlarga tayanib yozishicha, harbiy xizmatchi o‘zini tajovuzkor tutgan, ehtimol u giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan.
Xabar e’lon qilingan vaqtda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining Kursk viloyati bo‘yicha veb-saytlarida Giri qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Astra Telegram-kanali voqea guvohi Aleksandr Zuyev bilan suhbatlashdi. U, xususan, Larinlarning uyiga ularning katta o‘g‘li Ilya qo‘ng‘iroq qilganidan keyin kelganini aytdi. «U menga qo‘ng‘iroq qildi, onamni kimdir o‘ldirdi, iltimos, borib opalarimni olib keting, ular siz bilan bo‘lsin», dedi Ilya».
Aleksandr Zuyev kelganida harbiy xizmatchi hali ham uyda bo‘lgan. «Qizlarga qo‘ng‘iroq qildim. Keyin qizlarning javobini eshitdim: «Amaki, amaki, sekinroq gapiring». Va shu payt to‘g‘ri Olesyaning jasadi yotgan xonadan menga avtomat o‘q uzishni boshladi. Uydan zo‘rg‘a chiqib ketdim», — deydi u.
Zuyev qo‘shnilarining oldiga yugurib borib, politsiyani chaqirishni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy politsiya «taxminan 20 daqiqadan so‘ng yetib kelgan, so‘ng harbiy shifokorlar yetib kelishgan va ular jinoyatchi qurolsizlanganini aytishgan». Shu bilan birga, Zuyevning so‘zlariga ko‘ra, harbiy o‘z mashinasida ketmoqchi bo‘lgan va qizlarni unga o‘tqazmoqchi bo‘lgan. «U nega ularni o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘lganini bilmayman. Va u qizlar bilan kasb-hunar maktabi tomon yo‘l oldi. O‘sha yerda harbiy shifokorlar uni qo‘lga oldi», dedi u Astra'ga.
Mavzuga oid

17:33
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

01:15
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda

21:53 / 30.04.2025
Rossiyaning sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi

20:06 / 30.04.2025