Kellog: Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun AQShning «22 ta sharti»ga rozi bo‘ldi
23 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Vashington va Kiyev Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilishning 22 ta aniq sharti bo‘yicha kelishuvga erishdi, dedi AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Fox News telekanaliga.

Foto: AP
«Biz ukrainaliklar bilan ochiq va qiyin munozaralarda 22 ta o‘ta aniq shartlarni taklif qildik va biz juda kuchli pozitsiyada ekanligimizga ishonamiz», dedi Kellog. Uning ta’kidlashicha, AQShning barcha shartlari Ukraina tomoniga ma’qul kelmadi, biroq «har qanday muzokaralar olib borilganida bu normal holatdir».
Boshqa narsalar qatorida, Ukraina frontdagi mavjud vaziyatga muvofiq hududiy yon bosishga rozi bo‘ldi, ammo «de-yure emas, balki de-fakto».
«Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-yure, abadiy emas, balki de-fakto berishga tayyor, chunki ruslar bu yerni haqiqatda bosib olgan. Ular bunga rozi bo‘lishdi. Va bu haqda menga o‘tgan haftada aytishdi», — dedi maxsus vakil. «Ular sulh o‘rnatilganda, har bir tomon o‘zi egallab turgan pozitsiyalarida qolishini tushunyapti. Aynan shu narsaga tayyor».
O‘z navbatida, Kiyev, Kellogning so‘zlariga ko‘ra, «tinchlik kelishuviga olib keladigan keng qamrovli va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni xohlaydi». Maxsus vakilning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti ham bunga intilmoqda.
«Bir tomon rozi bo‘ldi. Endi boshqa tomonni ko‘ndirish kerak. Va menimcha, biz bunga yaqinmiz», — deya qo‘shimcha qildi Trampning maxsus vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, «endi hamma narsa ruslarga, Putinga bog‘liq».
Mavzuga oid

20:22
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda

19:38
«Moskvaga aniq signal». Resurslar bo‘yicha kelishuv AQShning Ukrainadagi urush bo‘yicha ritorikasini qanday o‘zgartirdi?

17:50
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi

17:49