Jahon | 16:46 / 02.05.2025
1742
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi

Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyodagi qizilmiya ildizi Xitoy farmatsevtika kompaniyalari orasida mashhur.

Qizilmiya ildizi / Foto: iStock

O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar deb topildi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yil birinchi choragida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining «Xorgos» nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatga an’anaviy xitoy tibbiyoti uchun 3 ming tonna xomashyo olib kirildi.

Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyodagi qizilmiya ildizi Xitoy farmatsevtika kompaniyalari orasida mashhur. 2025 yil boshidan buyon logistika kompaniyalaridan biri ushbu xomashyodan 950 tonnadan ortiq import qildi.

2025 yil mart oyida Shinjonda dorivor xomashyo savdosi platformasi ishga tushirildi, u Shinjon va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida to‘siqsiz import va eksport kanallarini ta’minlaydi.

Mavzuga oid