Jahon | 11:07 / 03.05.2025
3415
2 daqiqa o‘qiladi

Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi

Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Taman, Novorossiysk va Anapa osmonida urib tushirildi, deb xabar qildi operativ shtab.

Foto: Wolfgang Schwan/AA/picture alliance

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Temryuk tumani Taman qishlog‘idagi ikki manzilga Ukraina Qurolli kuchlari uchuvchisiz uchoqlarining qoldiqlari qulab tushdi. Bu haqda tuman tezkor shtabi 3 may, shanba kuni Telegramʼda ma’lum qildi.

Qurbonlar yo‘q. Voqea joyida maxsus va favqulodda xizmatlar ishlamoqda.

Qoldiqlar Suxoye ko‘li hududida yong‘inga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Temryuk tumanidagi xususiy uyga zarar yetkazgan.

Mahalliy aholining Mash Telegram kanaliga aytishicha, ular stanitsa uzra kamida oltita portlash ovozini eshitgan. Ilgari noma’lum bo‘lgan dron modelining bo‘laklaridan biri "Blanko" mehmonxonasi yaqinida topildi.

Ayni vaqtda Novorossiysk rahbari Andrey Kravchenko Telegramʼda Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari va ekipajsiz katerlari tomonidan qilingan hujum suvlarda qaytarilayotganini ma’lum qildi.

Anapada uchuvchisiz uchoqlar qoldiqlari uchta xususiy uyga zarar yetkazdi, deya xabar beradi operativ shtab. Kurort shaharchasidan taxminan 17 km uzoqlikda joylashgan Vityazevo qishlog‘i aholisi osmonda kamida to‘qqizta portlash ovozini eshitgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda, deb xabar berdi Mash.

Mavzuga oid