Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi
Hujum Magura harbiy-dengiz droni tomonidan R-73 «havo-havo» raketasi bilan amalga oshirildi.

2 may kuni Rossiya hududlariga havo hujumi paytida Ukraina qurolli kuchlari Novorossiysk yaqinida Qora dengiz uzra Rossiyaning Su-30 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) xabar berdi.
Hujum Magura harbiy-dengiz droni tomonidan R-73 «havo-havo» raketasi bilan amalga oshirilgan, oqibatda qiymati 50 million dollarlik samolyot yonib ketgan va dengizga qulagan.
«Dunyoda birinchi marta jangovar samolyot dengiz droni tomonidan yo‘q qilindi», deb xabar berdi GRU.
Samolyotning urib tushirilishiga Rossiya Mudofaa vazirligi izoh bermadi, ammo bir qator rossiyaparast kanallar buni tasdiqladi.
R-73 raketasi qiruvchi samolyotlardan uchirish uchun mo‘ljallangan sovet ishlanmasi bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan quruqlik va dengiz tashuvchilaridan uchirishga moslashtirildi. Rossiya armiyasining keng ko‘lamli bosqinidan oldin ham, Ukraina korxonalari ushbu raketalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilishni yo‘lga qo‘ygan edi. 2023 yil dekabr oyida Rossiyaning ikkita Mi-8 vertolyoti ana shunday tizim yordamida urib tushirildi.
Mavzuga oid

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

15:07 / 03.05.2025
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

14:58 / 03.05.2025
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

13:37 / 03.05.2025