Jahon | 20:05 / 04.05.2025
1946
2 daqiqa o‘qiladi

BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

Lidiya Mugambe ugandalik ayolni Buyuk Britaniyaga olib kelib, uni o‘z uyida oqsochlik va bolalariga enagalik qilishga majburlagan.

Lidiya Mugambe

BMT sudyasi Lidiya Mugambe ugandalik ayolni Buyuk Britaniyada oqsoch bo‘lib ishlashga majbur qilgani uchun 6 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi The Guardian.

Tergovchilarga ko‘ra, Mugambe yosh ayolning mehnat qonunchiligidan bexabar ekanidan foydalanib, uni o‘z uyida oqsoch bo‘lib ishlashga va bolalariga enagalik qilishga majburlagan.

Lidiya Mugambe Buyuk Britaniyaning immigratsiya qonunlarini buzish, kimnidir ishlashga majburlash va guvohni qo‘rqitishda aybdor deb topildi. Shuningdek, sud mahkum ayolga jabrlanuvchi bilan bevosita yoki bilvosita aloqada bo‘lishni taqiqladi.

Suddagilarning ta’kidlashicha, ayblanuvchi «qilgan ishiga hech qanday pushaymonlik bildirmagan» va sodir bo‘lgan voqea uchun jabrlanuvchini ayblashga uringan. Jabrlanuvchiga Buyuk Britaniyadan boshpana taqdim etilgan. U Uganda qaytishga qo‘rqishini aytgan (Lidiya Mugambe Ugandada Oliy sud sudyalaridan biri bo‘lgan).

Lidiya Mugambe 2013 yildan beri Uganda Oliy sudi sudyasi hisoblanadi, 2023 yilda u BMTning Xalqaro qoldiq mexanizmi bo‘yicha jinoiy tribunal sudyasi etib tayinlangan. O‘sha yilning o‘zida Mugambe Oksford universitetida yurisprudensiyani o‘rgangan. Fedral oyida esa politsiyaga Lidiya Mugambe Ugandada bir ayolni aldab olib kelgani, uni uyida ishlash va bolalariga qarashga majburlayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mavzuga oid