Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
Kompaniyaning Texasda joylashgan Starbase bazasi shu nomdagi alohida shaharga aylantiriladi. Mahalliy aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Foto: Legion-Media
SpaceX kompaniyasining shtab-kvartirasi joylashgan Texasdagi Starbase bazasi shu nomdagi alohida shaharga aylantiriladi. Bloombergʼning yozishicha, mahalliy aholi bazaning shaharga aylantirilishini yoqlab ovoz bergan.
Starbase Texas janubida, Boka-Chika plyajida, Meksika chegarasi yaniqda joylashgan. Ovoz berishda faqat bo‘lajak shahar hududida yashovchi fuqarolar ishtirok etgan.
Shunday qilib, jami 218 kishi ishtirok etgan ovoz berish jarayonlarida yangi shahar bunyod etilishiga faqat olti kishi qarshilik bildirgan.
Shuningdek, ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar SpaceX’ning amaldagi yoki sobiq uch nafar xodimini shahar amaldorlari lavozimiga tasdiqlagan.
«Starbeyz, Texas. Endi haqiqiy shahar!», — deya izoh beradi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘i orqali.
Texasda yangi shahar tashkil etish niyatida haqida Mask 2021 yilda ma’lum qilgandi. «Texasda Starbase shahrini yaratmoqdaman. U yerdan — Marsga, keyin — yulduzlarga», — deb yozgandi o‘shanda u. 2024 yil dekabrda bazada yashovchi aholi shahar tashkil etish iltimosi bilan petitsiya uyushtirgan.
«Starship’ni jadal sur’atlarda ishlab chiqishda zarur bo‘lgan ishchi kuchini oshirishni davom ettirish uchun bizga Starbase’ni birlashma sifatida rivojlantirish imkoniyati kerak. Shu sababli biz Kameron okrugidan saylovlar o‘tkazishni so‘ramoqdamiz — bu orqali Starship Rio-Grande vodiysidagi eng yangi shahar maqomini oladi», — deyiladi Starbase bosh direktori Ketrin Lyudersning mahalliy hokimiyatga yo‘llagan maktubida.
Mavzuga oid

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

22:22 / 18.04.2025
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi

21:39 / 17.04.2025
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

18:22 / 01.04.2025