Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklifi etilmoqda
Ukrainaning Kyiv Diplomatic jurnali saytida Toshkent shahrining qadimiy va zamonaviy me’morchiligiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Mazkur material AQShning The Architect's Newspaper ixtisoslashtirilgan nashri e’lon qilingan Toshkent me’morchiligidagi zamonaviy modernizm, shuningdek, poytaxt me’moriy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlar haqidagi maqola asosida tayyorlangan.
"Toshkentning kino va arxitektura tarixi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ikkalasi ham shaharning muhim geosiyosiy rolini va bir vaqtlar uning ko‘chalarida hukmronlik qilgan xalqaro ruhni aks ettiradi va ekranda ham, undan tashqarida ham ajoyib san’at asarlarini taqdim etadi. Bugungi kunda bu avangard meros yana me’morlar, rassomlar va tarixchilarning diqqat markazida", – deb yozilgan maqolada.
Qayd etilishicha, Toshkentning zamonaviy modernizmi 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan Venetsiya arxitektura biyennalesidagi O‘zbekiston pavilonining asosiy mavzusi bo‘ladi.
"So‘nggi yillarda esa Toshkent simpoziumlar va xalqaro tashabbuslar maydoniga aylandi. Poytaxt shahardagi 21 ta binoni YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklifi ilgari surilmoqda. E’lon qilingan loyihalar orasida "Jyemchujina" eksperimental turar joy majmuasi, "O‘zbekiston" mehmonxonasi, Chorsu bozori, "Kosmonavtlar" metro bekati, Alisher Navoiy nomidagi (Panorama) kinoteatr va boshqa majmualar bor", – deb yozilgan Kyiv Diplomatic maqolasida.
Mavzuga oid

16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi

14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi

15:05 / 04.01.2025
Xitoyda qurilayotgan “quyoshli” osmono‘par bino suratlari namoyish etildi (foto)

13:48 / 05.12.2024