Jamiyat | 08:13
1402
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzor 31-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in kuzatilgan.

Foto: Videodan kadr

Kecha, 5 may kuni soat 19:25 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Chilonzor 31-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 19:32 da yetib borib, yong‘in soat 19:48 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid