Jahon | 17:04
11748
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston - Hindiston havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi

Janglarda 125 ta qiruvchi samolyot qatnashdi, ular dushman havo hududiga kirmadi.

Foto: Shutterstock

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi havo jangida 125 ta qiruvchi samolyot qatnashdi. Bu haqda Pokiston xavfsizlik kuchlaridagi manbaga tayanib, CNN telekanali xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu aviatsiyaning zamonaviy tarixidagi eng yirik va eng uzoq davom etgan qarama-qarshiliklardan biri edi.

Har ikki tomon ham o‘z havo hududini tark etmadi, deb aniqlik kiritdi CNN manbasi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, havo zarbalari ba’zan 160 km masofadan berilgan. Pokiston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oqibatda Hindistonning beshta qiruvchi samolyoti urib tushirilgan. Hindiston rasmiylari bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Dushman havo hududiga kirmaslik 2019 yildagi mojaro bilan izohlandi. Shu vaqtda Hindiston harbiy-havo kuchlari samolyoti Pokiston hududida urib tushirilgan, Hindistonga qaytishdan oldin u mahalliy televideniyeda namoyish etilgan edi. Bu safar Nyu-Dehli va Islomobod bunday «xo‘rlik»ni boshdan kechirishni istamadi, deb xulosa qildi manba.

7 mayga o‘tar kechasi Hindiston armiyasi «Sindur» operatsiyasini boshladi. Bu Hindiston Pokistonni ayblagan Jammu va Kashmirdagi 22 apreldagi teraktga javob bo‘ldi. Hindiston tomoni operatsiya davomida Pokistonning harbiy infratuzilma obektlariga zarba bermaganiga ishontirdi. Havo hujumlarida terrorchilar lagerlari, jumladan, «Lashkari-Toyba» guruhining qarorgohi Markaz Toyba nishonga olingani aytildi.

 

Mavzuga oid