Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi
O‘ram vulqon kuli ostida kuyib ketgan va juda mo‘rt bo‘lib, qo‘lda ochish imkonsiz edi.

Foto: Vesuvius Challenge
Olimlar birinchi marta eramizning 79 yilidan beri Vezuviy vulqoni kuli ostida yotgan va kuyib ketgan tarixiy o‘ramda yashiringan matn muallifi va nomini aniqladi.
O‘ram Gerkulanom shahridagi villadan topilgan va Oksfordning Bodlian kutubxonasida saqlanayotgan edi. U sun’iy intellekt yordamida virtual tarzda ochildi. Matn epikurchi-faylasuf Filodimning «Illatlar va ularga qarshi fazilatlar to‘g‘risida»gi risolasi bo‘lib chiqdi.
Gerkulanom o‘ramlari vulqon kuli ostida kuyib ketgan va juda mo‘rt bo‘lib, qo‘lda ochish imkonsiz edi. O‘ramlarni an’anaviy usullar yordamida ochib bo‘lmadi, ammo zamonaviy texnologiyalar, jumladan, rentgen tomografiyasi va matnni mashina yordamida o‘rganish texnologiyasi uni shikastlamasdan «o‘qish» imkonini berdi.
Vesuvius Challenge loyihasi doirasida ishlab chiqilgan sun’iy intellekt o‘ramning 3D modelini yaratish uchun uglerod siyohining mikroskopik izlarini tahlil qildi. Kentukki universiteti olimlari tomonidan yaratilgan Volume Cartographer dasturi harflar va so‘zlarni aniqlashga yordam berdi.
Filodimning risolasi illatlardan saqlanish va ezgulik bilan yashash bo‘yicha falsafiy qo‘llanmadir. Tadqiqotchilar yangi texnologiyalar Gerkulanum kutubxonasidagi boshqa varaq va o‘ramlardagi matnlarni o‘qish imkonini berishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid

18:30
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

23:22 / 15.07.2025