Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Venetsiya biyennalesida yana ishtirok etmoqda va bu yil Toshkentning yonginasida joylashgan «Quyosh» geomajmuasi g‘oyasi olib borildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, bugun O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilishi va qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.
Pavilon mavzusi o‘zida muhandislik fanlari, shaharshunoslik, biologiya va sun’iy intellektni birlashtirgan va «Intelligens. Tabiiy. Sun’iy. Kollektiv» deya nomlangan biyennale mavzusiga to‘la mos keladi.
"Biz noyob «Quyosh» obektining rolini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Uni nafaqat saqlab qolish, balki global va ilmiy munozaralarga kiritishni istaymiz.
Bu Venetsiya biyennalesidagi beshinchi ekspozitsiyamiz. Har safar biz ona yurtimizning ko‘z ilg‘amas qadriyatlarini, tarixga ehtirom, ilm-fanga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatib, jahon hamjamiyatini hayratga solishda davom etamiz.
Ushbu loyihaga o‘z kuch-g‘ayrati, ijodi va jonajon O‘zbekistonimizga bo‘lgan muhabbatini baxsh etgan jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Sizlar tufayli pavilonimiz har doim katta qiziqish uyg‘otadi va ko‘plab mehmonlarni jalb qiladi.
Demak, dunyo O‘zbekiston sari tobora yaqinlashmoqda, uni kashf qilmoqda", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid

23:07 / 07.05.2025
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi

22:25 / 02.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi

22:33 / 01.05.2025
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

11:55 / 30.04.2025