Jahon | 13:29
1325
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy-dengiz floti boshlig‘i admiral Ben Ki tergov davomida lavozimidan chetlashtirilganini tasdiqladi.

Foto: AP

Britaniya matbuotiga ko‘ra, gap admiral va uning qo‘l ostidagi xodima o‘rtasidagi ehtimoliy munosabatlarga tegishli. Manbalar bu haqda bir qancha nashrlarga, jumladan Financial Times, Sun va Times'ga ma’lum qilgan.

Times ta’kidlaganidek, ehtimoliy ish jinoyat emas, balki qo‘mondonlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi ishqiy aloqani taqiqlovchi «xizmat vazifasi»ni buzishdir.

Bu Qirollik dengiz flotining 500 yillik tarixida birinchi marta qo‘mondonning noto‘g‘ri xatti-harakati uchun tergov qilinishidir. Vitse-admiral Martin Konnel tergov davomida Kining vazifasini vaqtincha bajarib turadi.

59 yoshli Ben Ki 2021 yilda Britaniya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni lavozimini egallagan.

Mavzuga oid