Jahon | 14:43
1152
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida

Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful yaqinda sodir etilgan ehtimoliy qo‘poruvchilik harakatlari ortidan Boltiq dengizi mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Boltiq dengizida so‘nggi paytlarda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari ortidan mintaqada xavfsizlikni kuchaytirmoqchi. «Menimcha, butun Boltiqbo‘yi mintaqasi shu paytgacha jamoatchilik tomonidan juda kam e’tiborga olindi va vakolatim davomida men bunga ko‘proq e’tibor qaratmoqchiman», dedi u 10 may, shanbaga o‘tar kechasi chop etilgan Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.

«Vaziyat beqaror, bu ko‘rinib turibdi», — deya vazirning so‘zlarini keltiradi jurnalistlar. Vadeful, shuningdek, Boltiqbo‘yi va Skandinaviya davlatlari o‘rtasidagi aloqa kabellariga zarar yetkazilgani, Rossiya-Estoniya chegarasidagi chegara buyanchlarining olib tashlanishi, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari havo hududining buzilishi va Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining xatti-harakatlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi. «Shunday qilib, biz xavf zonasida yashayotganimiz ko‘rinib turibdi», — deya xulosa qildi siyosatchi.

Xuddi shu intervyuda Yoxann Vadeful Ukrainaning ham Yevropa Ittifoqiga, ham NATOga qo‘shilish istiqboli borligini ta’kidladi. «NATOda biz birgalikda Ukraina mudofaa ittifoqiga qo‘shilish yo‘lida ekanligi va bu yo‘lni qaytarib bo‘lmaydi, degan fikrga keldik», — deya ta’kidladi u.

Shu bilan birga, vazir Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers saylanishidan oldin urush tugagandan keyingina Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish imkoniyati haqida gapirganini eslatdi.

Mavzuga oid