“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
AQSh ta’lim vaziri Linda Makmen Harvard universitetiga maktub yo‘llab, oliygoh endi davlat tomonidan moliyalashtirmasligini bildirdi. Universitet esa bunga “o‘ziga xos javob” qaytardi.
The Harvard Crimson’ning yozishicha, ta’lim vaziri Linda Makmen uch sahifadan iborat maktub yuborgan. Unda Harvard universitetini moliyalashtirilish to‘xtatilishi ta’kidlangan. Buning o‘rniga universitet xayriya mablag‘lari va “ko‘p sonli boy bitiruvchilardan olinadigan mablag‘lar” hisobiga faoliyatini yurita olishi qayd etilgan.
Harvardesa bunga o‘ziga xos javob qaytardi. Ma’lum bo‘lishicha, ta’lim vazirining xatida qator imlo va punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yilgan.
Universitet xuddi professorlar uslubida xatning xatolarini qizil ruchka yordamida tuzatib, shunchaki uni vazirga qaytarib yuborgan.
Bu holat ijtimoiy tarmoqlarning inglizzabon segmenti orasida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan, X tarmog‘ida foydalanuvchilardan biri: “Harvard bu raundni yutdi” deya izoh qoldirgan.
Tramp va Harvard o‘rtasidagi kelishmovchilik
Avvalorq Tramp ma’muriyati Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi talabalar namoyishlari hamda xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik bilan bog‘liq dasturlarni bahona qilib, bir necha universitetlar qatorida Harvardning ham federal mablag‘larini muzlatib qo‘yish bilan tahdid qilgandi.
Shundan keyin Tramp ma’muriyati Harvardning 2,2 milliard dollarlik moliyalashtirilishini va 60 million dollarlik shartnoma to‘lovlarini to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi.
Harvard universiteti o‘z navbatida bu qarorni bekor qilish uchun Tramp ma’muriyati ustidan sudga arz qildi.
Keyinroq Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Harvard uchun soliq imtiyozlari bekor qilinganini ham e’lon qildi.
Mavzuga oid

07:56 / 02.04.2025
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi

17:17 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi

19:21 / 13.09.2024
Raketadagi kabutar, o‘lik baliq, mast chuvalchang – Shnobel mukofotlari topshirildi

09:30 / 26.09.2023