Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
Bir kun o‘tib vayronalar ostidan yana bir jasad olib chiqilgan va qurbonlar soni yetti nafarga yetgan. Marhumlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lishgan. Hodisa sabablari va oqibatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmayapti.

Videodan kadr / Milliy
Samarqanddagi uylarning birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida vafot etganlar soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda Milliy telekanalining «Millar» dasturida ma’lum qilindi.
Samarqand shahrining «Bog‘isaroy» MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz portlashi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgandi. Portlash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1, 2, 3-qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan dastlab 6 nafar fuqaroning jasadi topilgandi. 9 may kuni xonadon vayronalari ostidan yettinchi murda ham olib chiqildi.
Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hodisa sabablari va oqibatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Kun.uz manbasi ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan, oila a’zolaridan hech kim tirik qolmagan.
Manbaga ko‘ra, ushbu xonadonga qo‘shni hududda olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida gaz trubasi teshilgan, natijada gaz sizib, portlash ro‘y bergan uy yerto‘lasida to‘planib qolgan.
Mavzuga oid

13:02 / 10.05.2025
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025