Jahon | 23:00 / 12.05.2025
1066
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

Buyuk Britaniya bosh vazir Kir Starmerning 2 mln funt sterling turadigan shaxsiy uyida yong‘in yuz berdi. Politsiya holat yuzasidan tergov boshladi.

Foto: The Times

London politsiyasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning uyida yuz bergan yong‘in bo‘yicha tergov boshladi, deb xabar beradi The Times.

Qayd etilishicha, qiymati 2 million funt turadigan uyda yong‘in bugun, 12 may kuni chiqqan. «Soat 01:35 da politsiya London shimolidagi uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabardor qilindi. Politsiyachilar voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in uyning eshiklariga zarar yetkazgan. Jabrlanganlar yo‘q», — deya Skotlend-Yard bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.

Bayonotda ta’kidlanishicha, holat yuzasidan tergov davom etmoqda, voqea joyi o‘rab olingan. Politsiya yong‘inning kelib chiqish sababini e’lon qilmagan.

Britaniya bosh vazirining shaxsiy uyi bir necha bor norozilar hujumiga uchragan. Xususan, o‘tgan yili Starmerning uyi oldida o‘tkazilgan namoyishlar uchun uch kishi sudlangan.

Kir Starmer bosh vazir lavozimiga kirishgach, turmush o‘rtog‘i bilan Britaniya hukumati rahbarining Dauning-stritdagi rasmiy qarorgohiga ko‘chib o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazirning shaxsiy uyi ijaraga berilgan.

Mavzuga oid