Sport | 20:37 / 12.05.2025
2794
2 daqiqa o‘qiladi

Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

65 yoshli Anchelotti tarixdagi eng nomdor futbol milliy jamoasida ish boshlaydi.

Foto: Getty images

Italiyalik Karlo Anchelotti futbol bo‘yicha Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi xabar berdi.

65 yoshli Anchelotti Braziliya milliy jamoasi bilan JCh-2026 yakuniga qadar ishlaydi. Mamlakat terma jamoasi uning boshchiligidagi ilk o‘yinlarini iyun oyida Jahon chempionati saralashi doirasida Ekvador va Paragvay milliy jamoalariga qarshi o‘tkazadi.

Mart oyida Dorival Junior Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatildi, bu JCh saralash o‘yinida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:4) yuz berdi.

Karlo Anchelotti eng nomdor murabbiylardan biri hisoblanadi va faoliyatida «Yuventus», «Milan», «Chelsi», PSJ va «Bavariya» kabi klublarni boshqargan. Hozir Ispaniyaning «Real Madrid» klubida ishlamoqda.

Anchelotti Yevropa futbolining top-5 mamlakatlarida (Angliya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya) chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan yagona murabbiy hisoblanadi. U milliy jamoalarni boshqarmagan.

Braziliya eng nomdor milliy jamoa bo‘lib, 5 marta jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Uni hech qachon italiyalik murabbiy boshqarmagan.

Mavzuga oid