Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni Yevropa Ittifoqining (YeI) Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi.
Qayd qilinishicha, YeI maxsus vakili Yevrokengash prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shu yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida qabul etilgan qarorlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

13:48 / 19.07.2025
YeI Rossiyaning 22 ta banki va rejisser Shaxnazarovga qarshi sanksiyalar kiritdi

13:47 / 19.07.2025
YeI RFPI va uning shu’ba korxonalari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqladi

22:58 / 18.07.2025
YeI birinchi marta Xitoy banklariga Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyalar kiritdi

08:49 / 16.07.2025