O‘zbekiston | 14:39
1939
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

Urganch shahriga 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Foto: Transport vazirligi

Urganch shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy avtobuslari olib kelinishi davom etmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Bunyod yo‘lovchi tashish” korxonasi tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona Zong Tong rusumli avtobuslar keltirildi.

Korxona tomonidan imtiyozli kreditlar asosida qariyb 8 million dollar evaziga jami 80 dona Zong Tong rusumli avtobuslarni xarid qilindi.

Mavzuga oid