Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) kengashi 2014 yil iyulida Donbass osmonida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17 reysi halokatida Rossiyani rasmiy ravishda javobgar deb topdi, deb xabar qildi Niderlandiya tashqi ishlar vazirligi. Hodisada 298 kishi halok bo‘lgan.

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov
ICAO kengashi Rossiyani Xalqaro fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha Chikago konvensiyasini buzganlikda aybladi. ICAO kengashi Rossiya tomonidan tovon to‘lash masalasini keyinroq ko‘rib chiqadi.
«ICAO kengashining MH17 ishi bo‘yicha bugungi qarori Rossiya Federatsiyasini javobgarlikka tortishdagi yana bir muhim qadamdir», dedi Ukrainaning Kanadadagi elchisi, ICAO'dagi vakili Yuliya Kovaliv «Yevropeyskaya pravda» nashriga.
Boeing halokatini tergov qilish chog‘ida qo‘shma tergov guruhi MH17 «Buk» rusumidagi zenit-raketa majmuasidan otilgan raketa bilan urib tushirilganini aniqladi.
2022 yilda Gaaga okrug sudi uch kishini, jumladan, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan DXR sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkovni aviahalokatga aloqadorlikda aybdor deb topdi va ularni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Rossiya Malayziya samolyotini kim urib tushirgani haqidagi versiyasini bir necha bor o‘zgartirdi va Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirish boshlanganidan so‘ng Yevropa sudining 2022 yil 15 martdan keyin kuchga kirgan qarorlarini bajarishdan bosh tortuvchi qonun qabul qildi.
Mavzuga oid

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025
Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

12:38 / 12.05.2025