Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Sankt-Peterburdan Istanbulga uchadigan samolyotga aviachipta xarid qilgan talaba reysga chiqarilmagan. Shundan so‘ng, u manzilga Dubay orqali borishga majbur bo‘lgan.

Foto: Shuttersock
Sankt-Peterburg—Istanbul aviareysiga kech qolgan talaba «Aeroflot» aviakompaniyasini sudga berdi. Yo‘lovchi Turkiyaga uchadigan reysga chiqarilmagan, deb xabar beradi shahar sudlarining birlashgan matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, da’vogar Sankt-Peterburgda yashovchi Robert Puchkov hisoblanadi. U reysga chipta olgan va aeroportga o‘z vaqtida kelgan. Ammo uni Turkiyaga kirish ruxsatini beradigan hujjati yo‘qligi sabab ro‘yxatdan o‘tishga qo‘yishmagan.
Yigit pasporti, talabalar uchun mo‘ljallangan yashash guvohnomasini taqdim etgan va imtihonga ketayotganini aytgan. Barcha kerakli hujjatlar mavjudligiga qaramay, aviakompaniya uni olib ketishdan bosh tortgan.
«Tashish to‘g‘risidagi shartnoma bir tomonlama tartibda buzilgan, da’vogarga to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmagan. U imtihon topshirish uchun uchishi kerakligi bois Sankt-Peterburg—Dubay—Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilgan va manzilga yetib kelgan», — deyiladi xabarda.
Shundan keyin talaba kompaniyadan 121 ming rubl (1500 dollar) kompensatsiya to‘lashini talab qilgan. Ushbu summa ichiga Istanbulgacha bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys chiptasi narxi, Dubayga qo‘nish orqali olingan chipta narxi, taksi uchun to‘langan pullar va 30 ming rubl miqdorida ma’naviy zarar ham kiritilgan.
Sud da’vogar tarafida bo‘lib, Puchkov foydasiga aviachipta uchun 34,7 ming rubl, jami 68,9 ming rubl miqdoridagi yetkazilgan zarar, 5 ming rubl miqdorida ma’naviy zarar uchun kompensatsiya undirilishi bo‘yicha qaror chiqargan. Shuningdek, sud kompaniyaga 54 ming rubl jarima to‘lash majburiyatini yuklagan.
Mavzuga oid

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

21:15 / 01.05.2025
Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025