Iqtisodiyot | 14:10
669
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

Tehron shahrida O‘zbekiston–Eron biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zaro savdoda barqarorlik kuzatilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni 210 dan oshdi.

Mavjud zaxiralar chuqur tahlil qilinib, yangi o‘sish nuqtalari belgilandi, umuman olganda, 1 milliard dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi.

O‘zbekistonda 70 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘i ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.

2030 yilga borib "yashil" energiya manbalarining energetikadagi ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston mineral resurslar va noyob foydali qazilmalarning katta zaxiralariga boy mamlakat hisoblanadi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim qarorlar qabul qilindi. Natijada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 taga, ayrimlarining bahosi esa ikki barobar kamaytirildi.

Mavzuga oid