Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
Ukraina dronlari tahdidi Rossiya aeroportlarini oldingi ikki yilga nisbatan tez-tez yopilishga majbur qilyapti. Bu yil Rossiyaning g‘arbiy qismidagi aeroportlar tez-tez o‘z faoliyatini to‘xtatyapti.

Foto: Valeriy Sharifulin / TASS
14 may, chorshanba kuni «Novaya gazeta Yevropa» Rosaviatsiya va OAV xabarlariga tayanib xabar berishicha, joriy yil boshidan buyon Rossiya aeroportlari Ukraina dronlarining hujumi tahdidi tufayli kamida 217 marta faoliyatini to‘xtatdi. Bu butun 2023 (58 marta) va 2024 (91) yillardan ko‘pdir. Hammasi bo‘lib, 2023 yilning fevralidan joriy yilning mayigacha bo‘lgan davrda nashr kamida 366 ta shunday holatni qayd etgan.
Nashrda ta’kidlanishicha, agar avvalgi ikki yilda aeroportlar ustidagi osmon asosan Moskva va Qozonda yopilgan bo‘lsa, 2025 yilda — Rossiyaning asosan g‘arbida — Saratov va Volgograddan Nijniy Novgorod va Penzagacha yopildi.
Moskva aeroportlarida 101 marta — Vnukovoda (33 marta), Domodedovoda (32), Jukovskiyda (22) va Sheremetevoda (14) «Kover» rejasi (aeroport samolyotlarning kelishi va jo‘nashi uchun yopilishi) joriy etilgan. Qozon aeroportida parvozlar 41 marta, Saratovda — 25 marta, Nijnekamskda — 24 marta to‘xtatilgan.
Joriy yilning 6-7 may kunlari Moskva va Rossiya Federatsiyasining boshqa viloyatlaridagi aeroportlar Ukraina dronlarining hujumlari munosabati bilan kiritilgan cheklovlar tufayli o‘z ishini to‘xtatdi. Moskvadagi barcha to‘rtta aeroport ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi. «Novaya gazeta Yevropa»ning hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina shu ikki kun ichida aeroportlar 35 marta yopilgan. Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu sababli tashuvchilar 350 dan ortiq reyslarni kechiktirgan yoki bekor qilgan, bu esa 60 mingdan ortiq odamga zarar yetkazgan. 8 may kuni tushdan keyin Rosaviatsiya Moskva viloyati aeroportlarida vaziyat barqarorlashgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

18:18
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

18:16
Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi

16:01
Tramp G‘azoni erkin hududga aylantirish haqida gapirdi

12:49