Rossiya Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga va «murosalarga» tayyor - Medinskiy
RF delegatsiyasi Ukraina vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Istanbulda bo‘lib turibdi. Zelenskiyning o‘zi Anqarada. U muzokaralarda Ukraina tomonidan mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etishini ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Istanbulda Ukraina bilan muzokaralar jarayonini tiklashga — ehtimoliy «murosalarga» va ularni muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Rossiya delegatsiyasi rahbari, RF prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, RF delegatsiyasi muzokaralar oldidan «ishchi kayfiyati»ni saqlab qolmoqda. Medinskiy Moskvadan kelgan delegatsiya tarkibidan manfaatdor barcha idoralar vakillari va rahbariy tarkib o‘rin olganini qo‘shimcha qildi.
Muzokaralar qachon boshlanishi to‘g‘risidagi savolga Medinskiy javob qaytarishdan tiyilgan.
Rossiya delegatsiyasi Istanbulga 15 may kuni ertalab yetib keldi. Volodimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina vakillari hozircha Anqarada. Oldinroq u yerda Ukraina va Turkiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida Zelenskiy Istanbuldagi Rossiya—Ukraina muzokaralariga mudofaa vaziri Rustem Umerovni jo‘natishga qaror qilgani aytdi.
U Rossiya delegatsiyasining darajasi pastligini ta’kidladi, biroq «prezidentlar Tramp va Erdo‘g‘anga hurmat yuzasidan» ukrainalik amaldorlarni muzokaralarga yuborayotganini ma’lum qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, RF prezidenti Vladimir Putin muzokaralarga kelmagani bois Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari va UQK Bosh shtabi boshlig‘iga Istanbulda «qiladigan ish yo‘q». Shuningdek, u Istanbuldagi muzokaralarning asosiy maqsadi — o‘t ochishni to‘xtatish ekanini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

21:34 / 15.05.2025
Agar Putin kelmagan bo‘lsa, demak, Istanbulda qiladigan ishim yo‘q – Zelenskiy

21:01 / 15.05.2025
Zelenskiy Ukraina delegatsiyasini muzokaralar uchun Istanbulga yubordi

23:40 / 14.05.2025