Jahon | 15:12
878
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi

Yevropa Ittifoqi sudi Yevropa komissiyasining fon der Lyayyenning Pfizer rahbari bilan ko‘p milliard dollarlik COVID-19 vaksinalarini sotib olishi yuzasidan yozishmalarini ommaviy axborot vositalari ko‘rishiga ruxsat berishdan bosh tortishini noqonuniy deb topdi.

Foto: Fabian Sommer/dpa/picture alliance

Yevropa komissiyasi Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan Yevropa Ittifoqiga COVID-19 vaksinalarini yetkazib berish bo‘yicha yozishmalar ishini sudda yutqazdi. 14 may, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi sudi The New York Times gazetasining Bryusselning Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Pfizer rahbariyatining tegishli SMS-xabarlarini nashr etishdan bosh tortganiga qarshi da’vo arizasini qanoatlantirdi.

Lyuksemburg sudi «Pfayzergeyt» deb nomlangan ish bo‘yicha o‘z qarorida Yevropa Ittifoqining hujjatlarga kirish huquqiga asoslandi, u Yevropa institutlarining barcha hujjatlarini ommaga e’lon qilishni talab etadi. Bundan tashqari, Yevrokomissiya nima uchun so‘ralgan hujjatlar topilmaganini va nima uchun «COVID-19 vaksinalarini xarid qilish doirasida almashilgan matnli xabarlarda muhim ma’lumotlar yo‘q deb hisoblaganini» «ishonchli tushuntira olmadi».

Shuningdek, u sud jarayoni davomida YeKning javoblari farazlarga yoki o‘zgaruvchan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarga asoslanganligini ta’kidladi. O‘z navbatida, da’vogar gazeta fon der Lyayyen va Pfizer bosh direktori Albert Burla o‘rtasidagi SMS-yozishmalar 2021 yil yanvaridan 2022 yil 11 maygacha sodir bo‘lganini isbotladi.

Mavzuga oid