Jahon | 17:56 / 16.05.2025
4691
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

Ayolning natijasi bundan oldingi rekorddan 2 daqiqaga ortiq. U mazkur natijaga erishish uchun ikki yil davomida mashq qilgan.

Foto: AP

AQShda 39 yoshli sirk aktrisasi Leyla Nun sochda osilib turish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U gajak shakldagi sochiga osilgan holda 25 daqiqa havoda muallaq turdi. Rekord natijasi Kaliforniyadagi Redvud milliy bog‘ida qayd etildi, deb xabar beradi Ginnesning rekordlar kitobi.

Bundan oldingi rekord 2011 yilda avstraliyalik Sutakaran Sivagnanaturai tomonidan o‘rnatilgan edi — u 23 daqiqa 19 soniya sochlariga osilgan holda turgan.

Qayd etilishicha, Nun natijaga erishish uchun mashg‘ulotlarga ikki yil vaqtini sarflagan. Ayol havoda osilib turgan vaqtida o‘z tanasining holatini bir necha bor o‘zgartirgan. Bu vaqt davomida do‘stlari gitarada musiqa chalib, unga dalda berib turgan.

Ginnesning rekordlar kitobi xodimlari Leyla Nun qilgan ishni tarkorlashdan ogohlantirdi. U sochga osilib turish bilan professional darajada shug‘ullanadi. Bunday mutaxassislar odatda tryuk uchun sochlar bilan bog‘liq o‘ziga xos usullarni ishlab chiqadi.

Mavzuga oid