Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
Quduqda suv bo‘lmagan. Bola qutqaruvchilar yordamida quduqdan sog‘-salomat chiqarib olingan.
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yosh bola quduqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat bugun, 16 may kuni soat 11:00 da Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Ibn Sino mahallasida sodir bo‘lgan. Hududdagi uylarning birida 7 yoshli bola ehtiyotsizlik oqibatida suvsiz, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa tushib ketgan. Quduqning chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bo‘lgan.
Uy egalari bolani olib chiqishda amaliy yordam so‘rab FVBga murojaat qilgan. Manzilga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnikalar va anjomlar yordamida bolani quduqdan chiqarib olishgan.
Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshiligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgani bildirildi.
Avvalroq Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida ham 40 metrli quduqqa tushib qolib ketgan fuqaro qutqarilgandi.
Mavzuga oid

11:32 / 16.04.2025
Olotda 10 yoshli qiz eski quduqqa tushib ketib vafot etdi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

18:20 / 15.01.2025
Qashqadaryoda kanalizatsiya qudug‘idan chiqa olmagan «Suvoqova» xodimlari qutqarildi

18:48 / 27.12.2024